T4 erkin - bu qalqonsimon bez tomonidan ishlab chiqariladigan va tanadagi metabolizmni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydigan gormon. Qondagi erkin T4 darajasini o‘lchash qalqonsimon bezning funksiyasini baholashga yordam beradi. Erkin T4 miqdorining ko‘payishi gipertireozni, kamayishi esa gipotireozni ko‘rsatishi mumkin.
Kalsiy - bu mineral suyaklar va tishlar salomatligi, shuningdek, tanadagi boshqa ko‘plab funksiyalar, jumladan, mushaklar va asab tizimi faoliyati uchun muhimdir. Kalsiyning past darajasi raxit, suyaklarning deformatsiyasi va boshqa sog‘liq muammolarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Umumiy immunoglobulin E (IgE) allergik reaksiyalarning asosiy biomarkerlaridan biridir. Umumiy IgE darajasining oshishi allergik moyillik mavjudligini ko‘rsatishi mumkin. IgE darajasining oshishi turli xil sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlariga allergiya, allergik rinit, atopik dermatit, astma va boshqa allergik reaksiyalar.
Buyraklar holati
Oshqozon-ichak tizimi a’zolari holati
ALT va AST - jigar hujayralari va boshqa to‘qimalarda uchraydigan fermentlardir. ALT va AST darajasining oshishi jigar hujayralarining shikastlanishini ko‘rsatishi mumkin.
Najasning umumiy tahlili - bu tahlil najasning jismoniy xususiyatlarini vizual baholashni o‘z ichiga oladi. U ichak va umuman ovqat hazm qilish tizimining funksional holati haqida tasavvur berishi mumkin.
Gelmintlarga PARASEP usulida najas - bu tahlil ichaklarda gelmintlar (parazit chuvalchanglar) mavjudligini aniqlash va parazitar infeksiyalarni tashxislash uchun ishlatiladi.
Instrumental tekshiruvlar
Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining ultratovush tekshiruvi jigar, o‘t pufagi va o‘t yo‘llari, oshqozon osti bezi, taloqni tekshirishga imkon beradi va kistalar, organlar ichidagi toshlar, yallig‘lanish jarayonlari va neoplazmalar kabi kasalliklarning mavjudligini aniqlashga yordam beradi. Kompleks ultratovush tekshiruvlari tufayli gepatitlar, xoletsistitlar, o‘t-tosh kasalligi, sirroz, jigar to‘qimalarining yog‘li o‘zgarishi, o‘t yo‘llari patologiyalari, o‘smalar, parazitar infeksiyalar, qon tomir kasalliklari aniqlanadi.
Qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvi(UZI) - uning o‘lchami, tuzilishi va tugunlar yoki kistalar kabi anomaliyalar mavjudligini baholash imkonini beradi. Bu qalqonsimon bezning turli kasalliklari, jumladan, gipotireoz, gipertireoz, yallig‘lanish jarayonlari va o‘smalarni aniqlashda yordam beradi. Ultratovush tekshiruvi qalqonsimon bez holatini va davolash samaradorligini kuzatish uchun ham qo‘llanilishi mumkin.
Peshob-tanosil tizimi UZI - buyrak, siydik pufagi, siydik yo‘llari, prostata bezi (erkaklarda) va ayollar siydik-tanosil tizimi a’zolari (bachadon, tuxumdon va qin) holatini baholash imkonini beradi. UTT siydik-tanosil a’zolarida turli patologiyalarni, masalan, buyrakdagi toshlar, o‘smalar, yallig‘lanish jarayonlari, kistalar, rivojlanish nuqsonlari va boshqa anomaliyalarni aniqlashi mumkin.