T4 erkin - bu qalqonsimon bez tomonidan ishlab chiqariladigan va tanadagi metabolizmni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydigan gormon. Qondagi erkin T4 darajasini o‘lchash qalqonsimon bezning funksiyasini baholashga yordam beradi. Erkin T4 miqdorining ko‘payishi gipertireozni, kamayishi esa gipotireozni ko‘rsatishi mumkin.
Qon lipidlari
Xolesterin - xolesterinning yuqori darajasi ateroskleroz va miokard infarkti kabi yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Triglitseridlar - tanada saqlanadigan va energiya manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan yog‘larning bir shaklidir. Biroq, triglitseridlarning ortiqcha miqdori yurak-qon tomir tizimi uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Immunitet holati
PIDning immunologik kartasi - immunologik holatning kompleks tahlili bo‘lib, bolada birlamchi immunitet tanqisligi (PID) mavjudligi yoki unga moyillikni aniqlashga yordam beradi. PID - bu immunitet tizimining buzilishi bilan tavsiflangan kam uchraydigan irsiy yoki orttirilgan kasalliklar guruhi.
Umumiy immunoglobulin E (IgE) allergik reaksiyalarning asosiy biomarkerlaridan biridir. Umumiy IgE darajasining oshishi allergik moyillik mavjudligini ko‘rsatishi mumkin. IgE darajasining oshishi turli xil sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlariga allergiya, allergik rinit, atopik dermatit, astma va boshqa allergik reaksiyalar.
Kamqonlik (Anemiya) diagnostikasi
Kalsiy - bu mineral suyaklar va tishlar salomatligi, shuningdek, tanadagi boshqa ko‘plab funksiyalar, jumladan, mushaklar va asab tizimi faoliyati uchun muhimdir. Kalsiyning past darajasi raxit, suyaklarning deformatsiyasi va boshqa sog‘liq muammolarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Buyraklar holati
Oshqozon-ichak tizimi a’zolari holati
Gammaglutamiltransferaza (GGT) - o‘t yo‘llari bilan bog‘liq ferment. GGT darajasining oshishi obstruksiya yoki yallig‘lanish kabi o‘t yo‘llari muammolarini ko‘rsatishi mumkin.
Fraksiyalarga ega bilirubin - qizil qon hujayralarining parchalanish mahsuloti bo‘lib, jigar tomonidan qayta ishlanadi. Bilirubin darajasining oshishi jigar yoki o‘t pufagi faoliyati bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatadi.
Najasning umumiy tahlili - bu tahlil najasning jismoniy xususiyatlarini vizual baholashni o‘z ichiga oladi. U ichak va umuman ovqat hazm qilish tizimining funksional holati haqida tasavvur berishi mumkin.
Gelmintlarga PARASEP usulida najas tekshiruvi - bu tahlil ichaklarda gelmintlar (parazit chuvalchanglar) mavjudligini aniqlash va parazitar infeksiyalarni tashxislash uchun ishlatiladi.
Instrumental tekshiruvlar
Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining ultratovush tekshiruvi jigar, o‘t pufagi va o‘t yo‘llari, oshqozon osti bezi, taloqni tekshirishga imkon beradi va kistalar, organlar ichidagi toshlar, yallig‘lanish jarayonlari va neoplazmalar kabi kasalliklarning mavjudligini aniqlashga yordam beradi. Kompleks ultratovush tekshiruvlari tufayli gepatitlar, xoletsistitlar, o‘t-tosh kasalligi, sirroz, jigar to‘qimalarining yog‘li o‘zgarishi, o‘t yo‘llari patologiyalari, o‘smalar, parazitar infeksiyalar, qon tomir kasalliklari aniqlanadi.
Qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvi(UZI) - uning o‘lchami, tuzilishi va tugunlar yoki kistalar kabi anomaliyalar mavjudligini baholash imkonini beradi. Bu qalqonsimon bezning turli kasalliklari, jumladan, gipotireoz, gipertireoz, yallig‘lanish jarayonlari va o‘smalarni aniqlashda yordam beradi. Ultratovush tekshiruvi qalqonsimon bez holatini va davolash samaradorligini kuzatish uchun ham qo‘llanilishi mumkin.
Peshob-tanosil tizimi UZI - buyrak, siydik pufagi, siydik yo‘llari, prostata bezi (erkaklarda) va ayollar siydik-tanosil tizimi a’zolari (bachadon, tuxumdon va qin) holatini baholash imkonini beradi. UTT siydik-tanosil a’zolarida turli patologiyalarni, masalan, buyrakdagi toshlar, o‘smalar, yallig‘lanish jarayonlari, kistalar, rivojlanish nuqsonlari va boshqa anomaliyalarni aniqlashi mumkin.
EXO - yurak ishemik kasalligi, yurak sohasidagi tabiati noma’lum og‘riqlar, tug‘ma yoki orttirilgan yurak nuqsonlarini tashxislash uchun o‘tkaziladi. Uni o‘tkazishga elektrokardiogrammaning o‘zgarishi, yurakdagi shovqinlar, uning ritmining buzilishi, gipertoniya kasalligi, yurak yetishmovchiligi belgilarining mavjudligi ham sabab bo‘lishi mumkin.
EKG - yurak ishemik kasalligi, yurak sohasidagi tabiati noma’lum og‘riqlar, tug‘ma yoki orttirilgan yurak nuqsonlarini tashxislash uchun o‘tkaziladi. Uni o‘tkazishga elektrokardiogrammaning o‘zgarishi, yurakdagi shovqinlar, uning ritmining buzilishi, gipertoniya kasalligi, yurak yetishmovchiligi belgilarining mavjudligi ham sabab bo‘lishi mumkin.